01:03 / 24.05.2018
6 772

Andijonda tadbirkorlarga 3 foizli imtiyozli kreditlar beriladi

Andijonda tadbirkorlarga 3 foizli imtiyozli kreditlar beriladi
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning ko‘rsatmasiga asosan Andijon viloyatida "Har bir oila tadbirkor" shiori ostida imtiyozli kreditlar taqdim etiladi, deb xabar berdi "Xalq so‘zi" nashri.

Uning shartlariga ko‘ra, kreditlar yillik 3 foiz miqdorida belgilanadi. Mikrokreditlar 3 oylik imtiyozli davr bilan birgalikda taqdim etiladi. Shunda jismoniy shaxslar uchun eng kam ish haqining 100 baravarigacha (17 mln so‘mdan ortiqroq), davlat ro‘yxatidan o‘tgan sub’ektlar uchun esa eng kam ish haqining 1000 baravarigacha (172 mln. so‘m) miqdorida kreditlar ajratiladi.

Kreditlar ajratish aniq maqsadli bo‘lib bunda chorvachilik, quyonchilik, parrandachilik, baliqchilik, asalarichilikni rivojlantirish, issiqxonalarni qurish, bog‘ va tokzorlar barpo etish, urug‘liklar, mineral o‘g‘itlar va o‘simliklarni kimyoviy himoya qilish vositalarini sotib olish, sartaroshlik va kosmetolog xizmatlari, kosibchilik, metall va tunuka buyumlar tayyorlash va ta’mirlash, yog‘och va alyuminiy (plastik) profilidan deraza romlar tayyorlash, zargarlik buyumlarini yasash, soatsozlik, transport vositalarini ta’mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish, hammom va sauna xizmatlari, milliy shirinliklar va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarish kabi tadbirkorlik faoliyatlari uchun beriladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, shu maqsadda Markaziy bankning Andijon viloyat boshqarmasiga 800 mlrd so‘m miqdorida mablag‘ o‘tkazilgan. Kreditga bo‘lgan talabga qarab yana shuncha miqdordagi summa ajratilishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonda tadbirkorlarga 3 foizli imtiyozli kreditlar beriladi