08:30 / 24.05.2018
4 271

Travel and Leisure: O‘zbekiston va AQSh - turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar

Travel and Leisure: O‘zbekiston va AQSh - turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar
O‘zbekiston 2017 yil yakunlariga ko‘ra Kanada, Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiya va Maldiv orollari bilan bir qatorda "Sayyohlar uchun eng jozibador mamlakatlar" safidan joy oldi. Shuningdek AQSh va O‘zbekiston "Turizm uchun eng yaxshi joy" deb topildi. Travel and Leisure jurnali redaktori Yan Szeping Shanxayda bo‘lib o‘tgan XVI mukofotlash marosimida shu haqida ma’lum qildi.

Shanxayda 2017 yil yakunlari bo‘yicha turistik soha rivojidagi eng yaxshi yutuqlar uchun mashhur Travel and Leisure jurnalining XVI mukofotlash marosimi - Travel & Leisure Industry Awards bo‘lib o‘tdi.

Yetakchi mehmonxona brendlari va bosh konsulliklar vakillari ishtirokidagi marosim davomida eng yaxshi mehmonxonalar, aviakompaniyalar, servis, restoranlar, spa-salonlar, sayyohlar uchun mazmunli sayohatni tashkillashtirgan mamlakatlar nominatsiyalari e’lon qilindi.

Tanlov yakunlariga ko‘ra, turistik sayohatlarni tashkillashtirish uchun eng jozibador yo‘nalishlar reytingidan Kanada, Fransiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Maldiv orollari va O‘zbekiston joy oldi.

Travel and Leisure jurnali redaktori Yan Szeping baholar tahlili va turli fikrlardan kelib chiqib, "Turizm uchun eng yaxshi joy" nominatsiyasida O‘zbekiston va AQShni g‘olib deya e’lon qildi.

Travel and Leisure - Amerikadagi shu nomli jurnalning muqobili, uning XXRdagi bo‘limi 2001 yilda ochilgan. Jurnalning Xitoydagi adadi yiliga 630 ming nusxani tashkil qiladi. Jurnal mana 15 yildirki Travel & Leisure Industry Awards mukofotlariga homiylik qilib keladi. Bundan tashqari, u eksklyuziv turizm va ko‘rgazmalar bo‘yicha World Travel Awards xalqaro yarmarkasining Osiyodagi birinchi va rasmiy turistik media-hamkori hisoblanadi. Jurnalning onlayn-versiyasini kuniga 100 minglab kishi kuzatadi, obunachilar soni esa 1 milliondan ortiqni tashkil qiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Travel and Leisure: O‘zbekiston va AQSh - turizm uchun eng yaxshi mamlakatlar