Yagona interaktiv davlat xizmatlari portaliga Adliya vazirligi tomonidan tayyorlangan «O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida»gi Qonun loyihasi muhokama uchun joylashtirildi. Bu haqda Adliya vazirligining «Huquqiy axborot» kanali ma’lum qildi.
Ushbu Qonun loyihasi bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi va Fuqarolik kodekslariga, «Ommaviy axborot vositalari to‘g‘risida»gi va «Huquqbuzarliklar profilaktikasi to‘g‘risida»gi qonunlariga quyidagi mazmundagi o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilmoqda:
- ommaviy axborot vositalari faoliyatiga to‘sqinlik qilish, shuningdek jurnalistning professional faoliyatini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini har qanday shaklda buzganlik uchun ma’muriy javobgarlik o‘rnatish;
- fuqaroning tasvirini himoya qilish, tasvirdan egasining roziligisiz foydalanish mumkin bo‘lgan holatlarni belgilash;
- ommaviy axborot vositalari orqali oilaviy munosabatlarga bevosita aloqador ma’lumotni oila a’zolari roziligisiz tarqatishni ta’qiqlash;
- huquqbuzarliklar profilaktikasini bevosita amalga oshiruvchi yoki unda ishtirok etuvchi organlar tomonidan g‘ayriijtimoiy xulq-atvorli shaxslar, huquqbuzarliklar sodir etishga moyil bo‘lgan, huquqbuzarliklar sodir etgan shaxslar haqida ommaviy axborot vositalarida ma’lumot tarqatish huquqini mustahkamlab qo‘yish.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi