00:30 / 26.05.2018
6 246

O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari: «Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish»

O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari: «Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish»
O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari Xolmo‘min Yodgorov sayyor sudlardan biri vaqtida 18 yoshli bir ota mushtumzo‘r xotinidan shikoyat qilgani haqida gapirdi. Yodgorovning so‘zlari «Jamiyat» gazetasining 2018 yil 18 may sonida e’lon qilingan.

– Sayyor sudlar vaqtida yana bir hayratlanarli ishga duch keldik. Oila qurganiga bir yilgina bo‘lgan, bir nafar farzandi bor juftlik ajrashmoqchi. Ular endigina 18 ga kirgan. Hamma narsasi yetarli, alohida uy-joy, mashina, emin-erkin yashaydi. Faqat kuyov ajrashmoqchi.

Buning sababini bilish uchun yigitning o‘zi bilan yolg‘iz suhbatlashdik. Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish. Juda ajablanarli holat, lekin bor gap shu. Agar kelinning aytganini qilmasa, kunini ko‘rsatarmish.

Bularning o‘zi hali bola-ku, shu ahvolda qanday qilib farzand tarbiyalaydi?
Xolmo‘min Yodgorov,
O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekiston Oliy sudi raisi o‘rinbosari: «Ishonasizmi, u yig‘ladi. Xotini urarmish»