07:30 / 27.05.2018
4 765

Chilonzor tumanidagi yangi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati ma’lum bo‘ldi

Chilonzor tumanidagi yangi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati ma’lum bo‘ldi
Toshkent shahrining Bunyodkor va Cho‘ponota ko‘chalari kesishmasidagi ko‘prik Ramazon oyi yakunida foydalanishga topshiriladi. Bu haqda Kun.uz xabar bermoqda.

667,5 metrni tashkil etuvchi ko‘pirikni «O‘zbekiston temir yo‘llari» aksiyadorlik jamiyatiga qarashli «Ko‘prik qurilish tresti» korxonasi mutaxassislari tayyorlamoqda.

Ko‘prikning estakada qismining uzunligi 488,5 metr bo‘lib, balandligi 8, kengligi 24,5 metrni tashkil etadi. Inshoot jami 21ta ustun ustida barpo etilmoqda. Bu yerda piyodalar uchun ham qator qulayliklar yaratiladi.

Umumiy uzunligi 124 metr bo‘lgan ikkita piyodalar o‘tish ko‘prigi quriladi, shuningdek, keksa va nogironlar uchun maxsus lift hamda eskalator o‘rnatiladi.​

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Chilonzor tumanidagi yangi ko‘prikni foydalanishga topshirish muddati ma’lum bo‘ldi