16:55 / 27.05.2018
4 975

Ayolning «qirqta joni» yoki nega jismoniy mehnat erkaklar umrini qisqartiradi?

Ayolning «qirqta joni» yoki nega jismoniy mehnat erkaklar umrini qisqartiradi?
«Medicalxpress.com» tibbiyot portali yozishicha, jismoniy mehnat bilan shug‘ullanuvchi erkaklar o‘tirib ishlovchi tengqurlariga nisbatan kamroq umr ko‘rishadi.

Odatda jismoniy faollik salomatlikni yaxshi saqlash uchun eng zo‘r amaliyot hisoblanadi va aksincha, kam harakat qilish 7 foiz holatda kasalliklar bosh sababchisi sifatida ko‘rsatiladi. Ammo hamma narsada, jumladan, jismoniy faollikda ham me’yor kerak ekan.

Amsterdam erkin universitetining Tibbiyot markazi mehnat gigiyenasi mutaxassisi — doktop Pitep Koenen boshchiligidagi xalqaro tadqiqotchilar guruhi 1960 yildan 2010 yilgacha 200 ming kishi ma’lumotlari asosida yozilgan 17 ta ilmiy ishni ko‘rib chiqdi.

Unda aniqlanishicha, jismoniy mehnat 18 foiz holatda erkaklarning erta o‘lim topishi sababchisi bo‘lgan.

Doktor Koenenning aytishicha, hammasi siz bo‘sh vaqtingizda bajaradigan jismoniy mashqlar turiga bog‘liq. Masalan, odam shunchaki fitnes bilan shug‘ullanayotgan bo‘lsa, yuklama va uning davomiyligini tanlash imkoniga ega. Ish paytida, deylik, qurilishda — bunday imkoniyat umuman bo‘lmaydi.

Eng qizig‘i, ayollarda jismoniy mehnat va erta o‘lim o‘rtasida hech qanday bog‘liqlik aniqlanmadi. Hatto buning teskarisi kuzatilgan. Bekorga aytishmasa kerakda: «Ayolning joni qirqta».

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Ayolning «qirqta joni» yoki nega jismoniy mehnat erkaklar umrini qisqartiradi?