06:00 / 04.06.2018
4 566

Andijonlik talonchilar Farg‘onada viloyatdoshiga tegishli Lacetti’ni olib qochdi

Andijonlik talonchilar Farg‘onada viloyatdoshiga tegishli Lacetti’ni olib qochdi
Foto: Livejournal
Andijon viloyatida yashovchi D.M. Lacetti mashinasini Farg‘ona viloyatining Buvayda tumani hududidan o‘tuvchi «Toshkent—Andijon» yo‘lida haydab ketayotganda 4 nafar noma’lum shaxs davlat raqam belgilari bo‘lmagan oq rangli Lacetti avtomobilida yo‘lini to‘sib, to‘xtatadi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabariga tayanib Daryo ma’lum qilmoqda.

Ular D.M. va uning yo‘lovchilarini mashinadan tushirib, avtomobilni noma’lum tomonga haydab qochdi.

Olib qochilgan mashina Oltiariq tumani, Qiziltepa qishlog‘i hududidan oynalari singan holda topildi. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni muqaddam sudlangan shaxslar — Andijon tumanida yashovchi R. X., B. X. hamda Andijon shahrida yashovchi F.B. va J.A. sodir etganliklari aniqlanib, ushlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Andijonlik talonchilar Farg‘onada viloyatdoshiga tegishli Lacetti’ni olib qochdi