12:16 / 06.06.2018
10 513

Turkiyaga ketayotgan «fohishalar guruhi» Toshkentda qo‘lga olindi (video)

Turkiyaga ketayotgan «fohishalar guruhi» Toshkentda qo‘lga olindi (video)
Toshkent xalqaro aeroportida Ichki ishlar vazirligi xodimlari tomonidan Qozog‘iston orqali Turkiyaga fohishalikka ketayotgan guruh qo‘lga olindi. Bu haqda UzNews yozmoqda.

Turkiyaga ishlash uchun borgan o‘zbekistonlik ayol avvaliga og‘ir mehnat bilan shug‘ullanadi va keyinchalik fohishalik yo‘li o‘tib, o‘z ortidan bir qator qizlarni ham bu yo‘lga jalb etish maqsadida o‘z tanishlariga murojaat qiladi.

Tanishlari orqali bu masalalarni hal qilgan guruh yetakchisi bu yerdan boradigan qizlarning pasport nusxasiga qarab ularga Turkiyadan turib aviachiptalar yuboradi hamda qizlarni kutib olishga tayyorlanadi.

Ichki ishlar vazirligi tezkor xodimlari esa bu jinoyatni fosh etib, fohishalikka olib ketilayotgan qizlarni “qutqarib qolishdi”.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turkiyaga ketayotgan «fohishalar guruhi» Toshkentda qo‘lga olindi (video)