14:50 / 07.06.2018
5 821

Buxoroda bir guruh "eshak o‘g‘rilari" jazoga tortildi

Бухорода бир гуруҳ "эшак ўғрилари" жазога тортилди
Buxoro viloyati, Olot tumani, Paxtakor MFY da yashovchi ikki nafar fuqaroga tegishli eshaklar bir kechada yashirin ravishda o‘g‘irlab ketilganligi to‘g‘risida ariza kelib tushdi.

Olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida ma’lum bo‘ldiki, Olot tumanida yashovchi fuqarolar Sohib Mavlonov hamda Feruz Tangriyevlar (ism-shariflari o‘zgartirilgan) o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish maqsadida o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirganlar.

Bundan tashqari, voyaga yetmagan Shohrux Samiyevning voyaga yetmaganligini bilgan holda uni ham o‘g‘rilik jinoyatini sodir qilishga jalb qilib, Olot tuman «Paxtakor» qishloq fuqarolar yig‘inida yashovchi Rajab Botirovning molxonasi oldiga bog‘langan bahosi 200.000 so‘mlik bir bosh eshagini yashirin ravishda o‘g‘irlab olib, voqea joyidan yashiringanlar.

Ushbu jinoiy guruh, shu kuni soat taxminan 00:10 larda o‘zaro jinoiy til biriktirib, fukaro G‘ulom Karimovning ham molxonasi oldiga bog‘langan bir bosh eshagini o‘g‘irlab ketganliklari aniqlangan.

Ushbu holat yuzasidan surushtiruv harakatlari olib borilib, ayblanuvchilar o‘z aybiga iqrorlik bildirganlar.

Ularga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 169-moddasi va boshqa tegishli moddalar bilan aybdor deb topildi va jinoyat ishi sudga topshirildi.

Buxoro viloyati IIB xabariga ko‘ra, sud jarayonida sudlanuvchilarning ushbu jinoiy harakatlari to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi va tegishli moddalar bilan ayblanib, sud hukmi e’lon qilindi.

Darhaqiqat, sodir etilgan har qanday jinoyat uchun jazo muqarrar. O‘zlarining jinoiy qilmishlari va kaltafaxmligi tufayli bu fuqarolar odamlar orasida “Eshak o‘g‘rilari” degan nomni orttirdilar xolos.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda bir guruh "eshak o‘g‘rilari" jazoga tortildi