Bu Vazirlar Mahkamasining 22.05.2018 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida»gi 384-son qarorida nazarda tutilgan.
Norma’ning yozishicha, hujjat bilan pensiya bo‘limi har bir yakka tartibdagi tadbirkor (bundan keyin – YaTT) uchun alohida yuritiladigan Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olishning shaxsiy kartochkasi bekor qilinmoqda. Eslatib o‘tamiz, kartochka pensiya bo‘limida doimiy ravishda saqlanar, unga sug‘urta badallari summalari va ular qaysi davr uchun to‘langanligi to‘g‘risidagi yozuvlar qayd etilar edi.
Endi pensiya bo‘limi tomonidan YaTTga (shuningdek chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarga, dehqon xo‘jaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolariga) faqat Sug‘urta badallari to‘lanishini hisobga olish daftarchasi ochiladi. U YaTTda saqlanadi va, bank kvitansiyalari va to‘lov hujjatlarining asl nusxalari bilan bir qatorda, badallar to‘langanligi dalilini tasdiqlovchi asosiy hujjat hisoblanadi.
Shuningdek, endi YaTT uchun tadbirkorlik faoliyati asosiy faoliyat deb hisoblansa, mehnat daftarchasi pensiya bo‘limida emas, balki uning o‘zida saqlanadi. Yashash joyidagi pensiya bo‘limi YaTT faoliyati to‘g‘risidagi tegishli yozuvlarni mehnat daftarchasiga qayd etadi, xolos. Bu chet elda yollangan holda ishlovchi shaxslarga, dehqon xo‘jaligi a’zolariga va oilaviy tadbirkorlik sub’ekti oila a’zolariga ham taalluqli.
Dehqon xo‘jaligidagi mehnati yoki yakka tartibdagi tadbirkorlik faoliyati fuqaro uchun qo‘shimcha hisoblansa, uning mehnat daftarchasi asosiy ish joyida yuritiladi. Bu holda ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi pensiya bo‘limi tomonidan uning xohishiga ko‘ra mehnat daftarchasiga tadbirkor sifatidagi faoliyat davri to‘g‘risidagi yozuv kiritilishi mumkin.
Hujjat 24.05.2018 yildan kuchga kirdi.
“Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?