18:45 / 08.06.2018
6 111

Buxoroda uylanishni va’da qilib qizning 1600 dollarini olgan soxta DXX xodimi qo‘lga olindi

Buxoroda uylanishni va’da qilib qizning 1600 dollarini olgan soxta DXX xodimi qo‘lga olindi
Buxoro IIB jamoatchilik va OAV bilan aloqalar bo‘limi firibgarlik jinoyati sodir etilgani haqida «Daryo»ga xabar berdi.

Buxoro IIBga murojaat qilgan qiz telefon orqali o‘zini Davlat xavfsizlik xizmati xodimi deb aytgan yigit bilan tanishgan. Yigit qizga uylanish va to‘ydan oldin o‘zining uyini qizning nomiga rasmiylashtirib berishni va’da qilgan. Qizning ishonchiga kirgan yigit uyni uning nomiga rasmiylashtirish uchun pul berib turishini so‘ragan. Qizdan 1600 AQSh dollarini olgan yigit unga uylanmay va nomiga hech qanday uyni rasmiylashtirmay pullarni o‘zining ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.

O‘zini DXX xodimi sifatida tanishtirgan va firibgarlik jinoyati sodir etgan M.N.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismiga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Buxoroda uylanishni va’da qilib qizning 1600 dollarini olgan soxta DXX xodimi qo‘lga olindi