13:30 / 09.06.2018
5 641

Qamchiq dovonida sel 4—5 ta avtomobilni oqizib ketdi

Qamchiq dovonida sel 4—5 ta avtomobilni oqizib ketdi
Foto: Facebook / «Voditeli Tashkenta»
Kecha, 8 iyun kuni Qamchiq dovonida sel kelishi oqibatida 4—5 ta avtomobilni sel oqizib ketgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligiga tayanib, «Gazeta.uz» xabar berdi.

Noxush hodisa «Toshkent—O‘sh» yo‘lining 225-kilometrida, 8 iyun kuni soat 21:05 da sodir bo‘lgan. Dovonda avtomobillar harakati 22:15 dan boshlab to‘xtatilgan va bugun, 9 iyun soat 8:00 dan harakat qayta tiklangan.

«Sel 4—5 ta mashinani oqizib ketdi. Ikkita avtomobil 10—15 metr qiyalikka oqib ketgan. Ikki kishi yengil tan jarohati olgan», — deyiladi xabarda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Qamchiq dovonida sel 4—5 ta avtomobilni oqizib ketdi