14:30 / 09.06.2018
5 838

Sankt-Peterburgda Katta Langar Qur’oni namoyish etildi

Sankt-Peterburgda Katta Langar Qur’oni namoyish etildi
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston madaniy merosi – xalqlar va mamlakatlar o‘rtasidagi muloqotga yo‘l” II kongressi doirasida Qur’oni Karimning qadimiy Katta Langar nusxasi namoyish etildi.

Sankt-Peterburgdagi Sharq qo‘lyozmalari institutida mazkur qo‘lyozmaning 81 sahifasi saqlanadi. Mashhur sharqshunos, akademik I. Yu. Krachkovskiy o‘zining «Arab qo‘lyozmalari ustida» kitobida yozishicha, bu qo‘lyozma 1936 yilda institut tomonidan notanish keksa ayoldan sotib olingan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu kitob bir paytlar Qashqadaryo viloyatining Qamashi tumanidagi Katta Langar qishlog‘ida, tasavvufdagi Ishqiya tariqati shayxlari xonaqohida saqlangan. Shu bois ushbu qo‘lyozma ilmiy jamoatchilik orasida “Katta Langar Qur’oni” nomini olgan. U VIII asrda arab alifbosining ko‘fiy-hijoziy xatida ko‘chirilgan bo‘lib, bir nechta sahifasi O‘zbekistonda – Qashqadaryo viloyatida, Toshkent va Buxoro shaharlarida saqlanmoqda. Qolgan sahifalar qayerda ekani ayni paytgacha noma’lum.

Keyingi yillarda bir qator olimlarning ilmiy izlanishlari, zamonaviy tekshiruvlar natijasida O‘zbekiston va Rossiyada saqlanayotgan sahifalar aynan bitta qo‘lyozmaning tarkibiy qismlari ekani, ular chindan ham bundan 13 asr muqaddam ko‘chirilgani aniqlandi. Mutaxassislar fikricha, u Qur’oni Karimning islom olamidagi eng qadimiy va mo‘’tabar nusxalaridan biri hisoblanadi.

2017 yilda “O‘zbekiston madaniy merosi dunyo to‘plamlarida” loyihasi doirasida Yevropa texnologiyalari asosida “Katta Langar Qur’oni”ning faksimile nusxalari yaratildi. Mazkur nusxalar o‘tgan vaqt davomida mamlakatimizdagi bir qator ilmiy va diniy muassasalarga tarqatildi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Sankt-Peterburgda Katta Langar Qur’oni namoyish etildi