6 244
Turkiyaga fohishalik qilish uchun sotib yuborilayotgan namanganlik ayollar to‘xtatib qolindi
Joriy yilning 2 iyun kuni Namangan viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida, noqonuniy ravishda Qozog‘iston Respublikasining Olmota shahri orqali Turkiyaga yuborilmoqchi bo‘lgan ayollar guruhi to‘xtatib qolindi. Bu haqda IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi Odam savdosi va noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish boshqarmasi xabar berdi.
Qayd etilishicha, ushbu yuborilayotgan 5 nafar ayollarni Turkiyaning Istanbul shahrida Munira (ismi shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol kutib olishi kerak bo‘lgan. Chunki, Munira Namangan viloyatida yashovchi singlisi va uning tanishiga xuddi o‘zi kabi ishlashga rozi bo‘lgan qizlarni topib, yuborish taklifini bildirgan. Ular qizlarni topib, chet davlatiga ketishga ko‘ndiradilar.
Turkiyada uy ishlari va boshqa yumushlar bilan shug‘ullanishga rozi bo‘lgan qizlar, aslida u yerda fohishalik qilishligini eshitgach, ketish fikridan qaytadilar. Biroq, ularga bu taklifni bergan ayol “Sizlarning har biringiz uchun alohida chipta rasmiylashtirilgan, agar fikringizdan qaytsangiz sarflangan xarajatlarni qoplashingizga to‘g‘ri keladi” deya, ortga yo‘l yo‘qligini vaj qilib, ularning fikrlarini o‘zgartiradi.
Tezkor xodimlar tomonidan o‘tkazilgan tadbirda 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan oilali va turmush qurmagan 5 nafar ayol Toshkent xalqaro aeroportida to‘xtatib qolinib, ularni jo‘natmoqchi bo‘lgan ikki ayol qo‘lga olindi.
Hozirgi kunda holat yuzasidan Namangan viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi tomonidan tergov oldi harakatlari olib borilmoqda.
“Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi