21:27 / 11.06.2018
4 538

Toshkentda o‘ta dolzarb mavzuda xalqaro konferensiya ish boshladi (foto)

Toshkentda o‘ta dolzarb mavzuda xalqaro konferensiya ish boshladi (foto)
11 iyun kuni poytaxtimizda “Terrorizmga olib keluvchi tajovuzkor ekstremizm va radikalizmning oldini olish hamda ularga qarshi kurashishda yoshlarning roli” mavzuida xalqaro konferensiya o‘z ishini boshladi. Bu haqda "Xalq so‘zi" nashri xabar berdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati tomonidan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

Anjumanda Birlashgan Millatlar Tashkiloti, Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti kabi nufuzli xalqaro tashkilotlar, AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Ispaniya, Niderlandiya, Latviya, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Malayziya, Kuvayt, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Afg‘oniston singari mamlakatlar delegatsiyalari, xorijlik ekspertlar, senatorlar, deputatlar, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi faollari, fan arboblari, OAV xodimlari ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyani tashkil qilish haqidagi tashabbus Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan 2017 yilning noyabr oyida YeXHT Bosh kotibi Tomas Greminger bilan bo‘lgan uchrashuv chog‘ida ilgari surilgan edi. O‘z navbatida, nufuzli xalqaro tashkilotlar davlatimiz rahbarining bu taklifini qo‘llab-quvvatladi.

Konferensiyada ishchi guruh uchta alohida mavzu ustida ishlab, yakunda Markaziy Osiyo mintaqasi uchun siyosiy tavsiyalar ishlab chiqiladi. Tadbir doirasida 12 iyun kuni Samarqand shahrida “Millatlararo va dinlararo munosabatlar sohasida O‘zbekiston tajribasi” mavzuida diniy konfessiyalar va milliy madaniy markazlar vakillari ishtirokida muloqot tashkil etiladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda o‘ta dolzarb mavzuda xalqaro konferensiya ish boshladi (foto)