00:30 / 14.06.2018
16 591

1-sinfga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlar

1-синфга қабул қилиш учун талаб этиладиган ҳужжатлар
Xalq ta’limi vazirligi bolalarni umumta’lim muassasasining I sinfiga qabul qilish uchun ularning ota-onalari tomonidan topshirilishi belgilangan hujjatlarni ma’lum qildi.

Hujjatlar ro‘yxati quyidagicha:

- ota-onalar tomonidan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;

- ota-onalarning fuqarolik pasporti (fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekiston Respublikasida yashash guvohnomasi) nusxasi (doimiy propiskasi yoki turgan joyi bo‘yicha hisobga olinganligi haqidagi qayd yozuvi ko‘rsatilgan holda);

- bolaning tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasi nusxasi;

- bolaning sog‘lig‘i to‘g‘risida tibbiy ma’lumotnoma;

- bolaning 3,5 x 4,5 sm hajmdagi 4 dona rangli fotosurati.

6-7 yoshli bolalar tibbiy xulosaga muvofiq, tayyorgarlik darajasidan qat’iy nazar, tanlovsiz qabul qilinadi, musiqa va san’atga ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari bundan mustasno.

Umumta’lim muassasasi rahbari mazkur muassasaga biriktirilgan hududdagi maktab yoshidagi bolalarni o‘z vaqtida umumta’lim muassasasiga o‘qishga jalb qilish uchun mas’ul hisoblanadi.

Maktab rahbari umumta’lim muassasalariga bolani o‘qishga qabul qilish uchun fuqarolardan hujjat talab qilishda yuqorida keltirilgan normativ- huquqiy hujjatdagi normalarga tayanadi. Direktorning amaldagi qonunchilik talablariga rioya qilmasligi esa unga nisbatan intizomiy jazo chorasini qo‘llashga asos bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » 1-sinfga qabul qilish uchun talab etiladigan hujjatlar