09:55 / 14.06.2018
4 504

Toshkentdagi bozor avtoturargohidan 18 mln so‘mni olib ketgan o‘g‘ri ushlandi

Toshkentdagi bozor avtoturargohidan 18 mln so‘mni olib ketgan o‘g‘ri ushlandi
Toshkent shahrining Chilonzor tumanida noma’lum shaxs 11 iyun kuni «Chilonzor buyum savdo kompleksi» avtoturargohida o‘g‘irlikka qo‘l urdi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

U Nexia rusumli mashina eshigi ochiq qolganligidan foydalanib, o‘rindiq ustidan ichida 18,5 million so‘m bo‘lgan sumkani o‘g‘irlab ketadi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Buxoro viloyati, Jondor tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan Z.E. sodir etganligi aniqlanib, ushlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentdagi bozor avtoturargohidan 18 mln so‘mni olib ketgan o‘g‘ri ushlandi