12:26 / 14.06.2018
4 113

Xurshid Davron: "Anvarjon Navoiy merosining benazir bilimdoni edi" (audio)

Хуршид Даврон: "Анваржон Навоий меросининг беназир билимдони эди" (аудио)
Foto: O‘zbekiston Milliy kutubxonasi
O‘zbekiston xalq shoiri Xurshid Davron Facebook’dagi safhifasida Anvar qori Tursunovni o‘tgan asrning 70 yillaridan boshlab taniganini eslab o‘tdi.

«O‘sha olis yillarda, hali Qur’oni Karim o‘zbek tiliga tarjima bo‘lmagan yillarda ustozi Alouddin Mansur bilan men qatori bir necha shoiru yozuvchiga Qur’oni Karimdan saboq bergan, men va o‘g‘limga eski alifboni o‘rgatgan Muallim edi. U qayerda va qaysi mansabda ishlamasin, men uchun Anvarjon bo‘lib qoldi.

Anvarjon Islom madaniyati va mumtoz o‘zbek adabiyotining, hazrat Mir Alisher Navoiy merosining benazir bilimdoni edi. Bunday tushunchali insonlar bizning kunlarimizda barmoq bilan sanarlidir.

Qachon va qayerda ko‘rib qolmasin ‘Xurshid aka, sizga bir kitob olib qo‘yganman!’ der edi. Anvarjonning o‘zi muhtasham kitob edi», — deya xotirlaydi shoir.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Xurshid Davron: "Anvarjon Navoiy merosining benazir bilimdoni edi" (audio)