O‘zbekiston prezidenti saylovlari 2015 yil 29 martda o‘tkaziladi

  • 26 dekabr 2014, 14:27
  • 6 382
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston prezidenti saylovlari 2015 yil 29 martda o‘tkaziladi

    2014 yilning 26 dekabr kuni O‘zbekiston Markaziy saylov komissiyasi (MSK)ning majlisi bo‘lib o‘tdi. Xabar berishlaricha, uni Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov boshqardi.

    O‘zbekiston Konstitusiyasining 117-moddasi va “Davlat hokimiyati vakillik organlariga va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining navbatdagi saylovi to‘g‘risida”gi konstitusiyaviy qonunining 2-moddasiga hamda «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi to‘g‘risida»gi qonunining 8-moddasiga muvofiq O‘zbekiston prezidenti saylovi kunini 2015 yil 29 mart, yakshanba kuni deb belgilash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.

    Shu munosabat bilan MSK 2014 yilning 26 dekabridan O‘zbekiston Prezidenti saylovi bo‘yicha saylov kampaniyasining boshlanganligini e’lon qildi. Shuningdek, MSK majlisida O‘zbekiston prezidenti sayloviga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bo‘yicha asosiy tadbirlar dasturi ham tasdiqlandi.

    Saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq barcha tadbirlar MSK, tuziladigan saylov komissiyalari tomonidan ochiq va oshkora, O‘zbekiston Konstitusiyasi, saylov to‘g‘risidagi qonunlarga qat’iy muvofiq amalga oshiriladi.

    Markaziy saylov komissiyasi, shuningdek, O‘zbekiston prezidenti saylovini yoritish bo‘yicha Respublika matbuot markazini tuzish haqida qaror qabul qildi. U Toshkent shahri Navoiy ko‘chasi, 16-uy manzili bo‘yicha joylashgan. “Shu kunning o‘zida O‘zbekiston va chet el OAV vakillari uchun brifing tashkil etildi”, – deyiladi Markaziy saylov komissiyasi axborotida.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston prezidenti saylovlari 2015 yil 29 martda o‘tkaziladi