21:23 / 16.06.2018
6 012

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan firibgarlar qo‘lga olindi

Plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan firibgarlar qo‘lga olindi
Sirdaryo viloyatida istiqomat qiluvchi (ismi-sharifi negadir sir tutilgan) firibgar va kompyuter ustasi virusli kompyuter dasturi yaratib, uni «Play Market»ga joylashtirgan. Ana endi bu yerdan dasturni ko‘chirib olib ochganlar, agar zudlik bilan plastik kartochka orqali 10 ming so‘m to‘lanmasa, telefon blokka tushishi haqidagi xabarga duch kelishgan. Shubhasiz, qo‘rqib ketadi odam. Negaki, kimdadir «Ayfon», yana boshqada «Galaksi» kabi qimmatbaho telefonlar bo‘lishi mumkin-ku! Darrov talab qilingan 10 ming so‘mni to‘laydi-yu, go‘yoki yengil tortadi.

Biroq pul to‘langani haqida unga shubhali raqamdan xabar yetkaziladi. Firibgar uchun siz plastik kartochkangizdan pul ko‘chirganingizning o‘zi yetarli. Endi u sizga murojaat etib vaqt yo‘qotmaydi. Chunki plastik kartochka paroli va raqamlarini o‘zining virus dasturi yordamida kompyuteriga saqlab olgan. Bemalol pullaringizni tortib olaveradi. Mutaxassislarning aytishicha, bu firib «Click-bot» orqali amalga oshirilgan.

Biroq bu birinchi firibgarlik emas. Yana bir respublikamiz ahlini aldab, qo‘rqitib pul ishlash bilan shug‘ullangan firibgar «Oson» ko‘magida o‘z jinoyatlarini amalga oshirib kelgan. U o‘zganing plastik kartochkasini xayriya yig‘uvchi dasturga bog‘lab olib, pul ishlayvergan va bu pullarni o‘z manfaati uchun ishlatavergan.

Hozirda ikkala firibgar ham qo‘lga olingan. Ushbu fakt yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Plastik kartochkalardan pul o‘g‘irlash bilan shug‘ullangan firibgarlar qo‘lga olindi