15:30 / 17.06.2018
8 471

Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga nasihat o‘qigan alloma

Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga nasihat o‘qigan alloma
1442-1505 yillarda yashab o‘tgan buyuk mutafakkir olim va o‘z davrida voizlik san’atining yirik namoyandasi bo‘lgan Husayn Voiz Koshifiy haqida Alisher Navoiy quyidagicha yozadi: “Ul jumladin huruf roqimi bu marsiya bilan tarix aytib, yili oshi tortarda sultoni Sohibqiron (Husayn Boyqaro) oliy majlislarida o‘tkardi va hukm bo‘ldikim, mavlono Husayn Voiz minbar ustida o‘qidi”. Bu so‘zlar ustozi Jomiy vafotiga atab hazrat Navoiyning marsiya yozgani va bu marsiyani o‘z davrida kuchli va ta’sirli nutq egasi sifatida ehtirom qilingan Husayn Voiz Koshifiy tomonidan minbarda turib o‘qilganiga ishoradir. Manbalarga ko‘ra, bu ulug‘ allomaning nafaqat ilmi, balki odob-axloqi ham yuksak darajada bo‘lgani uchun hatto Husayn Boyqaro va Alisher Navoiy ham uning va’z-nasihatlarini tinglaganlar.

Tarixnavis Mir Said Sharif Roqim ham bu allomani yuksak ehtirom bilan tilga oladi: “Mavlono Kamoliddin Husayn Ali Voiz Koshifiy baland ovozda yaxshi va’z qilgani uchun olimlar va fozillar o‘zlarining xos majlislariga uni taklif qilishar edi”.

Koshifiyning “Axloqi Muhsiniy” kitobi Sharqda juda mashhur asarlardan bo‘lgan. Ko‘p marta toshbosma usulda chop qilingan. Dunyoning turli mamlakatlarida ko‘chirilgan 50dan ziyod noyob qo‘lyozmasi hozirda Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharq qo‘lyozmalari instituti xazinasida saqlanmoqda.

Manba: Kun.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Alisher Navoiy va Husayn Boyqaroga nasihat o‘qigan alloma