Kimdir provokatsion ruhda nimadir yozibdi. O‘zbek blogerlariga tegizib yozibdi.
U faqat o‘z sahifasida yozgan (butun Feysbukda yozolmaydi), ammo uning yozganini olib "mana" deb ko‘tarib chiqib, katta narsaga aylantirishdan ummatga nima foyda? Ha, aynan ummatga, chunki biz birinchi navbatda musulmonmiz. Buni qilayotganlar balki yomonlikni qasd qilmagandir, ammo natija - o‘shani o‘ylashimiz kerak.
Buni nima uchun yozayapman?
SSSR tarqalgan paytni yaxshi eslayman. Bu jarayon 1988-yillardan boshlandi. Oshkoralik, erkinlik keltirgan ulkan yaxshiliklarni ko‘rolmaganlar bo‘ldi o‘shanda. Ommaning, asosan yoshlarning e’tiborini yaxshi narsalardan olib, boshqa narsalarga yo‘naltirishga urinish bo‘ldi va bu besamar bo‘lmadi. Yoshlar ongi oshkoralik va’da qilib turgan buyuk narsalardan, ufqda ko‘ringan yaxshiliklardan chalg‘itilib, o‘zgalarga nafrat qilish tomonga burilgan edi. Onglarda chalg‘ish yuz berdi. Buning oqibatida xunuk ishlar sodir etildi.
Bu ishlar ba’zilarning g‘arazli niyati mevasi bo‘lgan bo‘lsa, ba’zilarning aqlsizligi natijasi bo‘ldi.
Diniy sohada ham shu bo‘ldi – e’tibor yaxshiliklardan burilib, boshqa narsalarga chalg‘itildi, yo‘q joydan nafrat moddasi hosil qilindi va uning gradusi sun’iy oshirildi.
Mana bu bo‘layotgan urinish shunga o‘xshash emasligiga kim kafolat beradi?
Kimdir musulmonlarning holi yaxshilanayotganini ko‘rib, "buni buzmasak bo‘lmaydi" - degan xulosaga kelgan bo‘lsa-chi? Biz esa tuppa-tuzuk birovning nog‘orasiga o‘ynayotgan bo‘lsak-chi?
Yaxshiliklardan chalg‘imaylik! Hech bir qavmning kelajagi o‘zga birovning qo‘lida emas – o‘zining qo‘lida. Shunday bo‘lgan va shunday bo‘ladi! Yov kelib yakson qilsa ham qavmning ojizligidan bo‘ladi.
Muhammad Shakur
Manba: Azon.uz
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi