O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan bo‘shatildi

  • 20 iyun 2018, 23:15
  • 4 616
  • Jamiyat
  • O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan bo‘shatildi
    O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan olindi. Bu haqda «Kun.uz» manbasiga tayanib ma’lumot bermoqda.

    Ma’lum qilinishicha, bosh vazir o‘rinbosari, Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari Kompleksi rahbari Aziz Abduhakimov rahbarligida o‘tkazilgan yig‘ilishda Inoyatov ishdan olinib, vazirlikka Sherzod Hotamovich Shermatov yangi rahbar etib tayinlangan.

    Sobiq Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Sherzod Shermatov fevral oyida Innovatsion rivojlanish vazirligi rahbariga o‘rinbosar bo‘lgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vaziri Ulug‘bek Inoyatov ishdan bo‘shatildi