15:06 / 21.06.2018
5 354

Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men hurmat qilmayman"

Шавкат Мирзиёев: "Ўқитувчини ҳурмат қилмаган раҳбарни мен ҳурмат қилмайман"
21 iyun kuni O‘zbekiston Bosh vaziri Abdulla Aripov raisligidagi xalq ta’limi tizimini isloh qilish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi, deb ma’lum qiladi «Daryo».

Bosh vazir o‘rinbosarlari hamda boshqa vazirliklar rahbarlari ishtirok etgan yig‘ilishda kecha, 20 iyun kuni Xalq ta’limi vaziri etib tayinlangan Sherzod Shermatov va uning o‘rinbosarlari vazifasini bajaruvchilari ham qatnashdi.

Abdulla Aripov O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning xalq ta’limi tizimini isloh qilish uchun bergan topshiriqlarini yig‘ilish ishtirokchilariga o‘qib berdi.

Prezidentimiz «O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men hurmat qilmayman»,— dedilar. Ayrim rahbarlar o‘qituvchini majburiy mehnatga jalb etishga o‘rganib qolgan. Sodda tilda aytganda, bunga ulardagi «xumor» tutishi sabab bo‘lmoqda. Shifokorlar tili bilan aytganda «xumor»ni jarrohlik aralashuvi yordamida bartaraf etishimiz kerak.

Abdulla Aripov, O‘zbekiston Bosh vaziri


Qayd etilishicha, bundan buyon maktablar tuman, viloyat, shahar hokimliklariga emas, balki to‘g‘ridan-to‘g‘ri xalq ta’limi vazirligiga bo‘ysunadi. Endi maktab direktorlari hokimlikka yig‘ilishga chaqirilmaydi.

«O‘qituvchilarga yaxshi oylik to‘lanmagani uchun ko‘pchilik yaxshi kadrlar boshqa sohalarda mehnat qilishga majbur bo‘lmoqda. O‘qituvchi kasbining obro‘si tushib ketganligi bois hozir maktablarda deyarli erkak o‘qituvchilar qolmagan.

Ta’lim sohasini moliyalashtirish masalasi Ta’lim, sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya, sport va turizm masalalari kompleksi rahbari Aziz Abduhakimovga topshiriladi. Mablag‘lardan maqsadsiz foydalanishga barham berilishi kerak», — deydi Abdulla Aripov.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Shavkat Mirziyoyev: "O‘qituvchini hurmat qilmagan rahbarni men hurmat qilmayman"