21:50 / 21.06.2018
57 989

Kadastr qilish uchun qancha pul to‘lanadi?

Kadastr qilish uchun qancha pul to‘lanadi?
Aksariyatimiz oldi-sotdi va boshqa sabablar tufayli kadastr ishini tayyorlash va ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasiga to‘qnash kelganmiz. Ushbu xizmatlar uchun aslida qancha pul to‘lanishi kerak?

Mazkur xizmatlarning narxi Vazirlar Mahkamasining Kadastr hujjatlarini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risidagi qarori bilan belgilab qo‘yilgan.

Xususan unga ko‘ra kadastr ishini tayyorlash va ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha davlat xizmatlari narxlari quyidagicha belgilangan:

I. Ko‘chmas mulk ob’ektlarining noturar bino va inshootlarga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
  • Umumiy maydoni 100 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk- 215 300 so‘m;
  • Umumiy maydoni 100 kv.m.dan 1000 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk- ob’ektning 1 kv.m. uchun 43 060 so‘m;
  • Umumiy maydoni 1000 kv.m.dan 5000 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk- 645 900 so‘m;
  • Umumiy maydoni 5000 kv.m.dan 15000 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk- 1 291 800 so‘m;
  • Umumiy maydoni 15000 kv.m.dan 50000 kv.m.gacha bo‘lgan ko‘chmas mulk- 2 153 000 so‘m;
  • Umumiy maydoni 50000 kv.m.dan ortiq bo‘lgan ko‘chmas mulk- 3 014 200 so‘m.

2.Ko‘chmas mulk ob’ektlarining turar-joy fondiga oid qismiga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
  • Ko‘p kvartirali uydagi kvartira- ob’ektning 1 kv.m. uchun 2 153 so‘m;
  • Yakka tartibdagi turar joy- ob’ektning 1 kv.m. uchun 2 153 so‘m.

3. Yer uchastkalariga kadastr ishini tayyorlash va kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish
  • Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi- bepul;
  • Yer uchastkasini ajratish bo‘yicha ish mavjud bo‘lmaganda yakka tartibda turar joy qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi- 215 300 so‘m;
  • Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun ajratilgan yer uchastkasi- 215 300 so‘m;
  • Noturar ob’ektlari qurish uchun ajratilgan yer uchastkasi- 215 300 so‘m;
  • Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun ajratilgan yer uchastkasi- 430 600 so‘m.

*narxlar 172 240 so‘m miqdorida hisoblandi. O‘rnatilgan eng kam oylik ish haqi o‘zgarganida xizmatlarning narxi ham mutanosib ravishda o‘zgaradi.

Bunda umumiy maydonni aniqlashda barcha imoratlar va inshootlarning umumiy maydoni hisobga olinadi. Kadastr ishi yo‘qolganda (yaroqsiz holga kelganda) uning nusxasi (dublikati)ni tayyorlashning narxi ko‘chmas mulk ob’ekti ko‘rsatkichlari o‘zgartirilmasdan, xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi. Kadastr ishini yangilash zarurati yuzaga kelganda yangi tashkil qilingan (rekonstruksiya qilingan) ko‘chmas mulk ob’ektlari xatlovdan o‘tkaziladi.

Shu bilan quyidagi davlat xizmatlari BEPUL amalga oshiriladi:
  • ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • ko‘chmas mulk ob’ektlarini ijaraga berish shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • ipoteka va ipoteka shartnomalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
  • bino va inshootlarning mansubligi va tarkibi to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish, jumladan begonalashtirilayotgan yoxud meros bo‘yicha o‘tayotgan bino va inshootlarning amaldagi tarkibini va holatini aniqlashtirish maqsadida ularni naturada o‘rganish;
  • shaxsiy turar joy mavjudligi (yo‘qligi) to‘g‘risida ma’lumotnomalar berish.


Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Kadastr qilish uchun qancha pul to‘lanadi?