22:05 / 22.06.2018
5 768

Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln dollar qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi

Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln dollar qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi
Gulnora Karimova advokati Shveysariya banklarida muzlatib qo‘yilgan 700 million Shveysariya franki (810 million dollar) miqdoridagi mablag‘larning O‘zbekistonga qaytarilishi bo‘yicha norozilik shikoyatini kiritmoqchi, deb yozadi Sputnik.

Himoyachi Greguar Manja tez protsedura bo‘yicha mablag‘larni musodara qilinishiga qarshiligini bildirib, bu borada Federal jinoyat sudiga murojaat qilmoqchi.

Yaqinda OAVlar Bern hukumati imkon qadar Toshkentga tezroq pullarni qaytarishga manfaatdorligi haqida xabar berilgandi.

Xabarda qayd etilishicha, may oyida Shveysariya prokurorlari Jeneva va Syurixdagi banklardagi Gulnora Karimova hisobida bo‘lgan mablag‘larni O‘zbekistonga repatriatsiya qilish to‘g‘risida buyruq berganlar.

Karimovaning advokati so‘zlariga ko‘ra, oltita ayblanuvchining ikkitasini tan olish asosida musodara qilish jinoyat ishining norasmiy bo‘lishiga tenglashtiriladi va himoya ostida bo‘lgan mijozning adolatli sudlovga bo‘lgan huquqlarini buzadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Gulnora Karimovaning advokati O‘zbekistonga 810 mln dollar qaytarilishi bo‘yicha shikoyat qilmoqchi