22:13 / 23.06.2018
5 727

AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan

AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan
Zokir Aliyev. Foto: twitter.com/Navbahor
Asli Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidan bo‘lgan AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirildi. Bu haqda «Gazeta.uz» xabar bermoqda.

O‘zbekistonga qarindoshlarining taklifi bilan, O‘zbekistonning AQShdagi elchixonasi tomonidan berilgan 90 kunlik viza asosida kelgan Zokir Aliyev 16 iyun kuni, qarindoshlarining Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanidagi uyiga kelishi bilan qo‘lga olingan edi.

Aliyevning qo‘lga olinishi bilan DXX tomonidan berilgan bayonotda, AQSh fuqarosi terrorchilikka aloqadorlik gumoni ostida 2005 yildan beri qidiruvda bo‘lgani uchun ushlangani aytildi. 22 iyun kuni uning ozod etilgani, u hozirgi vaqtda qarindoshlarinikida ekani haqida xabar berilgan edi.

«Gazeta.uz» 23 iyun kuni Zokir Aliyevning oilasiga yaqin manbaga asoslanib xabar berishicha, AQSh fuqarosiga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan — u Qashqadaryodan chiqib ketmaslik va munosib xulq-atvor haqidagi tilxat asosida qo‘yib yuborilgan. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Aliyevga nisbatan tergov tadbirlari davom etmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » AQSh fuqarosi Zokir Aliyevga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan