11:30 / 24.06.2018
4 399

FVV issiq kunlari tushlik vaqtida ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda

FVV issiq kunlari tushlik vaqtida ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda
Kuchli issiq ob-havo — bir necha kun davomida ob-havoning o‘rtacha haroratidan 10 va undan ortiq gradusga ko‘tarilishi bilan tavsiflanadi.

Bunda xavf insonlar tana haroratini 37,1°Sga oshishi yoki issiqlik almashinuvini buzilishi – tana haroratini 38,8°Sga yaqinlashishi. Uzoq vaqt yoki kuchli issiq ob-havoda bo‘lish issiq (oftob, kun) urishi yoki yurak faoliyatini buzilishiga olib kelishi mumkin. Terini qizarishi, shilliq qavatlarning qurishi va kuchli tashnalik issiq (oftob, kun) urishi simptomlari hisoblanadi. Ushbu simptomlar kuzatilganda tibbiy yordam ko‘rsatilmasa xushdan ketish, nafas va yurak to‘xtashi mumkin.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi yozning jazirama kunlaridan saqlanish qoidalari va oftob urganda nima qilish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Quyida vazirlik tomonidan taqdim etilgan tavsiyalarni e’tiboringizga havola qilamiz.

Tamaki mahsulotlarini chekishni, alkogol ichimliklarini ichishni, kuchli jismoniy mehnat qilishni va ovqat iste’mol qilinishini kamaytirish lozim.

Oldindan ichimlik suvi zahiralarini yarating. Issiq ob-havoga mos kiyim-kechak, ventilyator, konditsionerlarni tayyorlab qo‘ying. Dalada bo‘lsangiz, chodir (chayla, kapa) hamda quduqlar ko‘rib qo‘ying. Iloji boricha elektr uskunalar ishlashi uchun avtonom elektr manbasini sotib oling. Ichimlik suvini tejab ishlating. O‘zingiz va oila a’zolaringizni issiq (oftob) urganda to‘g‘ri harakat qilishga o‘rgating.

Issiq havo ta’siridan saqlaning. Och (oq) rangdagi havo o‘tkazadigan (iloji boricha paxtadan tayyorlangan) kiyim-kechak va bosh kiyim kiyib yuring. Esda tuting, kuygan teri terlamaydi va sovimaydi. Ko‘chada shoshmay yuring, ko‘proq soyada bo‘lishga harakat qiling.

Ko‘proq suyuqlik (suv) iste’mol qilish. Suyuqlikni (suvni) to‘g‘ri iste’mol qilish rejimi organizmni yaxshi faoliyat qilishiga sharoit yaratadi. Issiq ob-havo paytida iste’mol qilinadigan suv miqdorini ko‘paytirish lozim. Bunda shirali ichimlik yoki shirin gazlangan ichimlik o‘rniga oddiy suv bilan organizmdagi suv tanqisligini bartaraf etish kerak. Pivo yoki boshqa alkogol ichimliklar iste’mol qilmang, bu organizmni umumiy holatini yomonlashishiga olib keladi. Issiq ob-havo paytida soat 12:00 dan 16:00 gacha ko‘chaga chiqmaslikka harakat qiling, ayniqsa ochiq quyosh tagida yurmang. O‘zingizni va ishingizni shunday rejalashtiringki bu oraliqda siz uyda yoki ish xonada bo‘ling.

Iloji boricha ko‘proq dush qabul qiling. Muntazam tozalanish terini yanada samarali nafas olishiga ko‘mak beradi. Suv xona haroratida bo‘lishi kerak. Muzday suvda sovishga intilish, haroratning birdaniga almashishi zotiljam kasalligiga qisqa yo‘ldir.

Issiq (oftob) urganda soyaga yoki shabada bor joyga o‘ting, dush qabul qiling va asta sekin ko‘p miqdorda suv iching. Issiq (oftob, kun) urishini oldini olish maqsadida o‘z tanangizni sovitishga harakat qiling.

Iste’mol qilinadigan oziq-ovqat tarkibini o‘zgartishga harakat qiling. Issiq ob-havo paytida e’tiboringizni sovuq ovqatlar iste’mol qilishga qarating. Meva va sabzavotlar iste’mol qiling. Ovqatlarni albatta tuz bilan iste’mol qiling. Chunki issiq ob-havo paytida inson ko‘p terlaydi va shu bilan birga natriy tuzini ko‘p yo‘qotadi.

Sintetik matolardan tayyorlangan kiyim-kechaklar kiymaslikka harakat qiling. Issiq ob-havo paytida paxtadan tayyorlangan kiyim-kechak tanlash darkor. Kepka, panama yoki shlyapa kiyishdan uyalmang. Issiq (oftob) urishi ko‘pincha insonlarning boshi qizib ketishidan yuz beradi.

Konditsioner shamolida o‘tirmang. Odatda konditsionerlarda ko‘plab bakteriyalar bo‘ladi, ularning sovuq havo bilan ta’siri surunkali bronxit va zotiljam kasalliklarini kuchayishiga sabab bo‘ladi.

Tana haroratini pasaytirishga sovuq suvga oyoq va ko‘llarni botirish yo‘li bilan erishish mumkin. Issiq (oftob) urishi alomatlari (umumiy holsizlik, bosh og‘rishi, yuz rangini o‘chishi (oqarib) yoki qizarib ketishi, pulsning me’yorida emasligi) paydo bo‘lganda muntazam oz-ozdan (80100 ml) suv iste’mol qilish kerak, bunda suvni iloji boricha uzoqroq og‘izda ushlab keyin ichish kerak, tanani tezda sovitish (soyaga, shabada bor joyga o‘tish, dush qabul qilish) kerak.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » FVV issiq kunlari tushlik vaqtida ko‘chaga chiqmaslikni tavsiya qilmoqda