16:13 / 25.06.2018
10 344

Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi?

Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi?
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasining tashabbusi hamda O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi va Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish Jamg‘armasining moliyaviy ko‘magi, shuningdek «Mobi Tel Inform» MChJning tashkiliy-texnik yordami asosida Pensiya jamg‘armasi tomonidan pensiya va nafaqalarni oluvchi shaxslarga SMS-Pensiya interaktiv xizmati taqdim etilganligini ma’lum qilindi.

Axborotni olish uchun individual ravishda SMS–so‘rovi talab qiladigan SMS-xabarlar quyidagilardan iborat:

1.Pensiya yoki nafaqa miqdorini aniqlash uchun:

Joriy davrga - *7000007*61# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring

Oldingi davr uchun - *7000007*61*052018# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Bunda, 7000007 - pensiya va nafaqa oluvchining pensiya guvohnomasidagi shaxsiy xisob raqami;

61 - SMS tizimidagi kod;

052018 – talab qilingan (o‘tgan) davr uchun SMS–ma’lumot. Ushbu davr SMS- so‘rov yuborilgan sanadan 3 oy mobaynida bo‘lishi zarur.

2.Pensiya yoki nafaqa tayinlangan sanani aniqlash uchun - *7000007*63# ni SMS tarzida qisqa 10711 raqamiga yuboring.

Ushbu tadbirlardan maqsad, pensionerlarga qo‘shimcha qulayliklar yaratish va ularning farovonligini oshirishga qaratilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Pensiyangiz miqdorini bilishni xohlaysizmi?