21:28 / 25.06.2018
6 539

O‘zbekistonda yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshgacha uzaytirish taklif qilindi

O‘zbekistonda yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshgacha uzaytirish taklif qilindi
Arxiv foto: "Xalq so‘zi"
O‘zbekiston yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshga uzaytirish taklif qilinmoqda. Bu haqda «Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portalida petitsiya paydo bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasining «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonunining 3-moddasiga ko‘ra, er-xotinning ikkisi ham o‘ttiz yoshdan oshmagan oila yoxud farzand (bola) tarbiyalab voyaga yetkazayotgan o‘ttiz yoshdan oshmagan yolg‘iz otadan yoki yolg‘iz onadan iborat bo‘lgan oila, shu jumladan nikohdan ajralgan, beva erkak (beva ayol) - yosh oila deb belgilangan.

“Ma’lumki, yosh oila toifasi bizga ba’zi bir imkoniyatlar, jumladan, daromad solig‘i, kreditlar, uy-joy olish kabi munosabatlarda imtiyozlar taqdim etadi.

Hozirgi kunda yoshlarimiz o‘rtasida turmush qurish kechikib bormoqda. Bunga sabab turmush qurayotgan insonlar, eng avvalo, moliyaviy holatini yaxshilab, keyin turmush qurishni o‘ylaydi va bu turmush qurishni kechikishiga olib keladi, aksar hollarda 30 yoshdan keyin turmush qurayotganlar ham kam emas.

Shuning uchun, yosh oila chegarasini 30 yoshdan 35 yoshga ko‘tarish taklifini bildiraman. Ushbu taklif amalga oshirilsa, yosh oilalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimida yanada ko‘proq imkoniyatlar yaratiladi”, - deyilgan jamoaviy murojaatda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda yosh oila chegarasini 30 dan 35 yoshgacha uzaytirish taklif qilindi