21:56 / 25.06.2018
4 421

Tojikiston Prezidenti o‘z xalqini O‘zbekiston bilan do‘stona rishtalarni mustahkamlashga chaqirdi

Tojikiston Prezidenti o‘z xalqini O‘zbekiston bilan do‘stona rishtalarni mustahkamlashga chaqirdi
Tojikiston Prezidenti matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Emomali Rahmon O‘zbekiston bilan chegaradosh bo‘lgan tuman faollari oldida qilgan chiqishida o‘zbeklar bilan do‘stlik rishtalari va biznes aloqalarni mustahkamlashga da’vat etar ekan, Shahristonda tojiklar va o‘zbeklar tinch-totuv va hamjihatlikda yashab kelayotganini eslab o‘tdi.

“Siz bizning do‘stligimiz ko‘p asrlik ildizlarga ega ekanligi, uning boshida tojik va o‘zbek xalqlari farzandlari Mavlono Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiy turganini esda tutishingiz lozim”, dedi Tojikiston rahbari.

Shuningdek, Tojikiston rahbari tinchlik va barqarorlik hukmronlik qilayotgan, xalqlari do‘stlik va qardoshlikda yashayotgan davlatlar uzluksiz rivojlanishi, ularning dunyo bo‘ylab nufuzi oshishini ta’kidladi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Tojikiston Prezidenti o‘z xalqini O‘zbekiston bilan do‘stona rishtalarni mustahkamlashga chaqirdi