Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi

  • 26 iyun 2018, 09:04
  • 3 838
  • Jamiyat
  • Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi
    Shu yilning 21 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri raisligida xalq ta’limi tizimi muammolariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

    Yig‘ilishda Prezident Shavkat Mirziyoyev ishonch bildirgan yangi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov, uning o‘rinbosari vazifasini bajaruvchilar — Sarvar Boboxo‘jayev, Alisher Umarov, Otabek Nazirovga zarur barcha vakolatlar berilishi, mazkur vazirlik — eng muhim vazirlikka aylantirilishi ma’lum qilingan edi.

    O‘zbekiston Prezidenti yangi vazirni lavozimga tayinlash paytida unga Xalq ta’limi vazirligining kadrlarini tubdan yangilash bo‘yicha topshiriq bergan edi. «Xabar.uz» manbasining ma’lum qilishicha, bugun bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligi markaziy apparati tarkibidagi barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlarini ishdan bo‘shatish haqida topshiriq bergan.

    Yig‘ilishda Sherzod Shermatov Xalq ta’limi vazirligining asosiy maqsadi barkamol avlodni yetishtirish etib belgilangani, tizimda mehnat qiluvchi xodimlar ana shu maqsaddan og‘ishmasligi kerakligini alohida uqtirgan.

    Sherzod Shermatovning qayd etishicha, vazirlik faoliyati quyidagi uchta tamoyilga asoslanadi: sifat, adolat va shaffoflik. «Mana shu maqsad va uchta asosiy tamoyil bo‘yicha ishlay oladigan odamgina vazirlikda qoladi, bunga tayyor bo‘lmaganlar bilan xayrlashamiz», deb aytgan Xalq ta’limi vaziri.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xalq ta’limi vazirligining barcha boshqarma va bo‘lim boshliqlari ishdan bo‘shatildi