XDP O‘zLiDePni saylov kampaniyasi davomida qonunni buzganlikda aybladi

  • 23 dekabr 2014, 15:02
  • 5 310
  • Jamiyat
  • XDP O‘zLiDePni saylov kampaniyasi davomida qonunni buzganlikda aybladi

    Xalq demokratik partiyasi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasini qonunni buzishda aybladi. Bu haqda partiyaning parlament saylovlari yakuni bo‘yicha bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida ma’lum qilingan.

    Eslatib o‘tamiz, 21 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Qonunchilik palatasi saylovlari dastlabki natijalariga ko‘ra, XDP 21ta o‘rin olishga erishdi. 4 yanvar kuni esa 22ta okrugda qayta saylovlar bo‘lib o‘tadi.

    XDP etakchisi Hotamjon Ketmonovning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan saylovlarda partiya o‘z oldiga “katta vazifalar qo‘ygan edi va ularga erishish yo‘lida qoun talablariga rioya etgan holda targ‘ibot ishlarini olib bordi”.

    “Lekin boshqa ayrim siyosiy partiyalar faoliyatida saylovlarning qonuniylik va adolatlilik kabi asosiy tamoyillariga to‘liq rioya qilmaslik holatlari kuzatildi. Xususan, O‘zLiDeP targ‘ibot-tashviqot jarayonlarida qonunni chetlab o‘tgan hollar ko‘zga tashlandi”, – deya partiya etakchisining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda XDP rasmiy sayti.

    Aynan qanday qonun buzilishi hollari kuzatilgani va endi ularga nisbatan qanday chora ko‘rish lozimligi xabarda keltirilmagan.

    Manba: Kun.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » XDP O‘zLiDePni saylov kampaniyasi davomida qonunni buzganlikda aybladi