08:28 / 27.06.2018
5 296

Navoiyda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi

Navoiyda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi
25 iyun kuni Navoiy viloyatining Navbahor tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda IIV jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Konimex tumani, Sho‘rtepa mahallasida yashagan N.M. Nexia rusumli mashinani «Nurota—Navoiy» yo‘lining 16-kilometrida haydab ketayotib, qarama-qarshi tomondan harakatlanib kelayotgan Nurota tumanida yashovchi «Ziyo trans Navoiy» MChJ haydovchisi I.T. boshqaruvidagi Cobalt avtomobili bilan to‘qnashdi.

Hodisa oqibatida Nexia haydovchisi N.M. va Cobalt yo‘lovchisi N.T. voqea joyida halok bo‘ldi.

Cobalt haydovchisi I.T. va yo‘lovchisi, mahalladoshi T.Ch. jarohat olib, kasalxonaga yotqizildi. Yana bir nafar yo‘lovchisi, mahalladoshi M.Sh.ga kasalxonada tibbiy yordam ko‘rsatildi.

YTH yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Navoiyda Nexia va Cobalt to‘qnashuvi oqibatida 2 kishi halok bo‘ldi