10:58 / 27.06.2018
4 059

Onlayn qabul

Onlayn qabul
Oliy ta’lim muassasasida tahsil olaman, degan abituriyent borki, poytaxtdagi nufuzli ta’lim dargohlariga intiladi.

Ayniqsa, huququshunos bo‘lish istagidagi yoshlar qabul boshlanishi bilanoq Toshkent davlat yuridik universitetiga oshiqadi. Tezroq hujjat topshirishga intiladi. Tabiiyki, yurtimizning turli hududlaridan kelgan yigit-qizlar sonining ko‘pligi qabul jarayonida qiyinchilik tug‘diradi. Navbat kutish, qolaversa, uzoq hududlardan kelganlar uchun ancha ovoragarchilik bo‘ladi.

Endi Toshkent davlat yuridik universitetiga hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi orqali topshirish mumkin. Buning uchun 201 ta tuman va shaharlarda davlat xizmatlari markazlari ishlab turibdi. Ushbu xizmat bepul amalga oshirilishi abituriyentlarni ortiqcha xarajat va yo‘l ovoragarchiligidan asraydi.

Buning uchun abituriyent doimiy ro‘yxatda turgan joyidan qat’i nazar o‘zi istagan tuman yoki shaharda faoliyat olib borayotgan davlat xizmatlari markaziga murojaat etishi lozim. Ushbu markazga abituriyent o‘rta maxsus yoki kasb-hunar ta’lim muassasasini tugatgani to‘g‘risidagi hujjat (ilovasi bilan), imtiyozni tasdiqlovchi hujjatlarni (agar mavjud bo‘lsa) asl nusxada taqdim etishi kerak.

Manba: "Oila davrasida"

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Onlayn qabul