08:30 / 28.06.2018
5 793

Toshkent shahrida bozorqo‘m o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi

Тошкент шаҳрида бозорқўм ўринбосари пора билан қўлга тушди
Toshkent shahridagi dehqon bozorlaridan birining ismi-sharifi ma’lum qilinmayotgan 63 yoshli bozorqo‘m o‘rinbosari poraxo‘rlikda ayblanib qamoqqa olindi.

Shu haqda respublika bosh prokuraturasi rasman ma’lum qilgan. Toshkent shahar ichki ishlar boshqarmasi hamda respublika bosh prokuraturasi qoshidagi iqtisodiy xavfsizlik va korrupsiyaga qarshi kurash departamenti xodimlari o‘zaro hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida o‘rinbosar tadbirkorlarning biridan bozorda salqin ichimliklar sotishi uchun joy ajratib berish evaziga 200 dollar miqdorida pora olayotganda qo‘lga olindi.

Ayni paytda ushbu fakt yuzasidan respublika jinoyat majmuasi 168- (“Firibgarlik”), 211- (“Pora olish”) moddalari bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkent shahrida bozorqo‘m o‘rinbosari pora bilan qo‘lga tushdi