00:30 / 29.06.2018
4 242

O‘zbekistonda jinoyatchilik o‘tgan yilgiga nisbatan 40,7 foizga kamaydi

O‘zbekistonda jinoyatchilik o‘tgan yilgiga nisbatan 40,7 foizga kamaydi
O‘zbekistonda sodir etilgan jinoyatlar soni o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 12 ming 33 taga yoki 40,7 foizga kamaygan. Bu haqda Oliy Majlis Senatining o‘n beshinchi yalpi majlisida nutq so‘zlagan Ichki ishlar vaziri Po‘lat Bobojonov ma’lumot berdi.

Vazirning qayd etishicha, shuningdek, jinoyat qidiruv yo‘nalishidagi jinoyatlar 7 ming 599 taga yoki 40,7 foizga kamayishga erishildi.

Shu jumladan, qotillik 57 taga yoki 23,5 foizga, qasddan badanga og‘ir tan jarohati yetkazish 89 taga yoki 19,1 foizga, nomusga tegish 76 taga yoki 76 foizga, o‘g‘irlik 2 ming 786 taga yoki 47,5 foizga, talonchilik 223 taga yoki 60,1 foizga, bosqinchilik 89 taga yoki 57,4 foizga, transport vositalarni olib qochish 36 taga yoki 40,4 foizga pasaydi.

Respublikada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash maqsadida olib borilgan ishlar natijasida, bugungi kunga kelib, 4 ming 410 yoki qariyib 50 foiz mahallada jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmadi.

Jinoyat qidiruv yo‘nalishida 11 mingdan ortiq jinoyat sodir etilgan bo‘lib, ularning 99,7 foizi “izi sovumasdan” fosh etilishiga erishildi.

Respublika hududida jinoyat sodir etib, sud va tergov idoralaridan yashiringan qidiruvdagi shaxslarning 2 ming 445 nafari ushlandi.

Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish borasida 1 ming 234 noqonuniy holat aniqlandi.

Korrupsiya va iqtisod sohasida sodir etilgan, hokimiyat, boshqaruv va jamoat birlashmalari organlarining faoliyat tartibiga qarshi 2 ming 204 jinoyat aniqlandi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistonda jinoyatchilik o‘tgan yilgiga nisbatan 40,7 foizga kamaydi