08:05 / 05.07.2018
4 774

O‘zbekistondagi bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar qo‘lga olindi

O‘zbekistondagi bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar qo‘lga olindi
Ukrainalik fuqarolar uyushgan jinoyatchi hamda maxsus moslama yordamida “Orient Finance Bank”ni o‘marmoqchi bo‘lganlarida Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan ushlanganlar.

2018 yil 26 fevral kuni “Moskva-Toshkent” aviareysi orqali Toshkentga tashrif buyurgan Ukraina davlati fuqarolari va vaqtinchalik Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani M-1da yashovchi Sh.V. va vaqtincha Mirzo Ulugbek tumani Bo‘zbozor ko‘chasida yashovchi B.V. uyushgan jinoyatchi bo‘lgan S.A.ning rejasi asosida A.Navoiy ko‘chasida joylashgan “Orient Finance Bank” Shayxontohur filialiga depozit qutisi ochish maqsadida kirishgan.

Ular shu bankda depozit qutisi ochish bahonasida 18 marotaba jinoyatni sodir etishlari uchun barcha narsalarni kuzatishgan. O‘zlariga tegishli bo‘lgan video kuzatuv moslamasi orqali esa qutilar soni va ularning qayerda, qanday joylashganini mukammal o‘rganishgan. Puxta tayyorgarlikdan so‘ng esa, Qirg‘iston Respublikasidan kirib kelgan qutilarni ochish maxsus moslamasi yordamida jinoiy harakatlarini sodir etishga kirishishgan.

Aynan O‘zbekistonga yot maqsadlarda kelib, mamlakat qonunlarini pisanda etmay jinoyat sodir etayotgan vaqtlarida Toshkent shahar IIBB Jinoyat qidiruv xodimlari tomonidan qo‘lga olinganlar.

Hozirda ushbu holat bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 25,169-4 “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, Toshkent shahar IIBB TB tomonidan tergov ishlari olib borilmokda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » O‘zbekistondagi bankni o‘marmoqchi bo‘lgan ukrainaliklar qo‘lga olindi