10:06 / 07.07.2018
9 920

Er-xotin nega ajrashadi?.. (yoxud oilaviy hayot jonga tegishining asl sabablari)

Er-xotin nega ajrashadi?.. (yoxud oilaviy hayot jonga tegishining asl sabablari)
Yaqinda O‘zbekiston respublikasi vazirlar mahkamasi qoshidagi “Oila” ilmiy markazi mutaxassislari yurtdoshlarimiz o‘rtasida oilalar buzilib ketishining asl sabablari mavzusida so‘rovnomalar o‘tkazishdi.

Shu so‘rovnomalar natijalariga asosan oilalarning 22, 5 foizi bir-birini tushunmaslik yoki tushunishni xohlamaslik, farzandsizlik oqibatida buzilarkan. 15, 6 foizi oilaga o‘zgalar aralashuvi, 15 foizi o‘zaro janjallar, 11 foizi surunkali piyonistalik tufayli buzilarkan.

Ajrashish bo‘yicha eng yuqori daraja Sirdaryo viloyatiga tegishli. 2017 yili bu viloyatda jami 1095 ta ajrashish hodisasi kuzatilgan. Bu 2016 yilga nisbatan 21 foiz ko‘p demakdir.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili O‘zbekistonda 306, 2 mingta nikoh qayd etilgan. 31, 9 mingta oila buzilishi kuzatilgan. Ajralish 2016 yildagiga nisbatan 8 foizga ko‘paygan. 18575 mingta oilada er-xotin 1 yildan 8 yilgacha, 5574 ta oilada er-xotin 2 yildan 3 yilgacha, 5524 ta oilada esa er-xotinlar 4-5 yil birga yashagani aniqlandi.

23 nafar er-xotin 50 yil birga yashashdan keyin, 2 nafari 61 yil, 1 ta juftlik 60 yillik birgalikdagi hayotdan keyin ajrashish haqida sudga ariza bergan.

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanida esa 8 bolaning ota-onalari ajrashib ketgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Er-xotin nega ajrashadi?.. (yoxud oilaviy hayot jonga tegishining asl sabablari)