19:23 / 06.07.2018
4 724

Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi

Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi
2018-2019 o‘quv yili uchun kirish imtihonlari joriy yil avgust oyida o‘tkaziladi. Iyul oyida oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari topshirilmaydi deb DTM xodimi aytgan tasdiqni keltiradi "Sof" nashri.

DTM vakilining so‘zlariga ko‘ra, telegramm tarmog‘ida DTM nomidan turli xabarlarni tarqatayotgan botlar soni ko‘payib ketgan. Ayni vaqtda qonunbuzarlarni sudga berish choralari ko‘rilmoqda.

"Misol uchun qaysidir oliygohda imtihon olish ishlari iyul oyida o‘tkazilishi haqida xabar tarqatib, xabar tagiga DMT telefon raqamini yozib qo‘yish holatlari kuzatilmoqda. Biz bunday soxta xabarlarni tarqatayotganlarni sudga berdik", — dedi suhbatdosh.

Shuningdek, oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlari 1 avgust sanasidan 15 avgust sanasiga qadar o‘tkazilishini ma’lum qildi.

DTMlar esa 29-30 iyul sanalarida tarqatilishi aytib o‘tildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Davlat test markazi telegrammda tarqalayotgan soxta xabarlarga ishonmaslikka chaqirdi