Toshkent shahrida iyun oyida avvalgi oydagiga nisbatan ko‘p qavatli uylarning narxi ikkilamchi bozorda ikki foizga arzonlashdi. Bu haqda «Credo Max Estimation» baholash kompaniyasi ma’lumotiga asoslanib «Gazeta.uz» xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, bir kvadrat metr uchun qiymat 610 sh.b.ga tushgan. Vaholanki, may oyida bu ko‘rsatkich 620 sh.b. edi. Iyun yakunlariga ko‘ra, g‘ishtli va panel tipidagi kvartiralarning narxi 2 foiz tushib, mos ravishda 644 va 585 sh.b. ko‘rinishida bo‘ldi.
Xonalar soniga nisbatan qiymat quyidagicha bo‘ldi: bir xonali kvartiralar — 618 sh.b. (+2 foiz), ikki xonali — 598 (-2 foiz), uch xonali — 608 (-3 foiz), to‘rt va undan ortiq xonali — 631 (+2 foiz).
Shahar tumanlari kesimida 11 ta tumanning 5 tasida o‘rtacha narxlarning tushishi kuzatildi, 5 ta tumanda esa o‘sgan. Eng arzon o‘rtacha narx Bektemir tumanida (445 sh.b.), eng yuqorisi esa Mirobod tumanida (721 sh.b.) qayd etildi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi