18:30 / 09.07.2018
6 614

“Malika” savdo majmuasi hududida "pichoqbozlik" ro‘y berdi (foto, video)

“Малика” савдо мажмуаси ҳудудида "пичоқбозлик" рўй берди (фото, видео)
Toshkent shahrining elektronika va maishiy uy jihozlari sotiladigan “Malika” savdo majmuasida o‘zaro kelishmovchilik “pichoqbozlikka” aylanib ketdi. “UzNews.uz” mobil muxbirining ma’lum qilishicha, 8 iyul kuni sotuvchi va xaridor o‘rtasidagi kelishmovchilik yuzaga kelgan. Ularning tarafkashlari tortishuvga aralashuvi pichoq bilan tan jarohati yetkazishgacha yetib borgan.

Mobil muxbirning yuborgan suratlarida futbolkasida qon dog‘i bor yigitni, yana ikki nafar yigit qo‘lida pichoq ushlab turganini ko‘rish mumkin.

UzNews.uz” mobil muxbiri tomonidan ushbu to‘polonning ma’lum bir qismi aks etgan video ham taqdim qilindi.

Kecha, 8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan o‘zaro kelishmovchilik videotasvirga olingan va unda bir necha nafar shaxslar avtomashina hamda uning haydovchisiga hujum qilganliklarini ko‘rish mumkin.

Bundan tashqari voqea guvohlari va ishtirokchilari hozircha shaxsi noma’lum shaxsning qo‘lidan pichoqni olishga urinishgani, avtomashinaga texnik shikast yetkazilgani holatini ko‘rish mumukin.

Kelishmovchilikda qatnashgan yana bir tomon vakillari “Nexia” voqea joyidan qochishga harakat qilgan va uning ortidan ko‘pchilik quvib borgani holati ham videotasvirdan o‘rin olgan.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » “Malika” savdo majmuasi hududida "pichoqbozlik" ro‘y berdi (foto, video)