00:33 / 10.07.2018
4 108

Samarqandda maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar ishga tushirildi

Samarqandda maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar ishga tushirildi
Samarqand viloyati hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘llarida o‘rnatilgan maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi fotoradarlar to‘liq ishga tushirildi. Bu haqda viloyat IIB yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar qilmoqda.

Maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd qiluvchi radarlar belgilangan tezlikdan yuqori harakatlangan avtoulovlar tezligini qayd etadi. Shu vaqtning o‘zida yo‘l harakati qoidalari buzilganligi bo‘yicha jarima solish to‘g‘risida ma’muriy huququbuzarlik sodir etgan shaxsning ishtirokisiz transport vositalarining egalariga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar chiqariladi va foto-tasvir ilova qilingan holda yashash manzillariga yuboriladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Samarqandda maxsus avtomatlashtirilgan fotoradarlar ishga tushirildi