Qoraqalpog‘istonlik yosh jurnalist va bloger, Kruz.uz mahalliy yangiliklar sayti asoschisi va muharriri Furqat Yusupov vafot etdi. Furqat Yusupovning yaqin do‘stlarining «Gazeta.uz'ga ma’lum qilishicha, u 7 iyul kuni tushdan so‘ng Nukus tumanidagi anhorda cho‘kayotgan ikki qizni qutqaraman, deb cho‘kib ketgan.
«Qizlardan biri amallab qirg‘oqqa chiqqan. Furqatning jasadi bir kundan keyin topildi, ikkinchi qiz esa hali topilgani yo‘q», — dedi «Gazeta.uz» suhbatdoshi.
Furqat Yusupov — 1992 yil 11 dekabrda tug‘ilgan, Qoraqalpog‘iston milliy universiteti jurnalistika fakultetida tahsil olgan. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Qoraqalpog‘iston kengashi PR va jamoatchilik bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i, «Qariydar» gazetasi bosh muharriri, O‘zLiDeP Qoraqalpog‘iston kengashi matbuot xizmati rahbari lavozimlarida faoliyat ko‘rsatgan. Futbol mavzusidagi tahliliy-tanqidiy maqolalari bilan tanilgan. 2016 yil u asos solgan Kruz.uz sayti Milliy internet tanlovida «Ikki tilda yaratilgan eng yaxshi sayt» nominatsiyasida g‘olib bo‘lgan.
«Zamin.uz» tahririyati marhumning yaqinlari va oila a’zolariga chuqur hamdardlik bildiradi.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda