16:18 / 12.07.2018
5 104

Farg‘onada deputat pora bilan qo‘lga tushdi (video)

Farg‘onada deputat pora bilan qo‘lga tushdi (video)
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati boshqarmasi hamda Bosh Prokuratura huzuridagi departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Farg‘ona viloyati Dang‘ara tumani xalq deputatlari kengashi deputati, Qo‘qon davlat pedogogika institutida uslubchi lavozimida faoliyat yuritadigan Muhayyo Qodirova, tanishi Mashhura Abdurahimova bilan o‘zaro til biriktirib o‘qishga kiritish mavsumidan mo‘maygina pul ishlamoqchi bo‘lishadi. Bu haqda “O‘zbekiston 24” ga tayanib "Sof" nashri xabar beradi.

Bu ikki olg‘ir fuqaro Beshariq tumanidan bo‘lgan tanishlarining jiyanini Qo‘qon davlat pedogogika institutiga o‘qishga kiritib qo‘yishni va’da qilib, 7 ming AQSh dollari talab qilishadi.

O‘tkazilgan tezkor tadbir davomida ular ashyoviy dalil bilan qo‘lga olindi. Bu holat yuzasidan jinoiy ish ochilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom etmoqda.


arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Farg‘onada deputat pora bilan qo‘lga tushdi (video)