6 493
Davlat test markazi: Bu yil test vaqtida mobil aloqa kompaniyalarining xizmatlari to‘xtatilmaydi
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi direktori Majit Karimov «Gazeta.uz» ga intervyu berdi. U intervyuda joriy yilda test imtihonlari o‘tkazish jarayoniga tatbiq etilayotgan yangiliklar haqida so‘zlab berdi.
Majit Karimovning ma’lum qilishicha, joriy yilda O‘zbekistonda test sinovlari o‘tkazilayotgan vaqtda mobil aloqa xizmatlari to‘xtatilmaydi. Bunga ehtiyoj yo‘q, degan Davlat test markazi direktori.
O‘tgan yillarda test sinovlari o‘tkaziladigan kuni ya’ni 1 avgustda barcha mobil aloqa kompaniyalari SMS va internet xizmatlarini vaqtincha o‘chirib qo‘yar edi.
Majit Karimov testda abituriyentlarga beriladigan savollarning kamaytirilganiga ham izoh bedi.
«Joriy yilda 36 ta emas, 30 ta savol beriladi. Savollarga javob berish vaqti esa test formalarini to‘ldirishni ham hisobga olgan holda o‘zgarishsiz ya’ni 3 soatligichga qoldirildi. Ekspertlarimizning aniqlashicha, test sinovi savollar soni 25 tadan 40 tagacha bo‘lganida sifatli hisoblanishini aniqladi. 36 ta savol o‘rtacha ko‘rsatkichdan sal ko‘proq. Xalqaro ekspertlar bilan maslahatlashib, savollar sonini 30 ta qilib belgiladik», — deydi Davlat test markazi direktori.
“Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»