17:20 / 15.07.2018
6 635

Turobjon Jo‘rayev bilan birga hibsga olingan o‘rinbosari hokimlikdagi vazifasiga qaytdi

Turobjon Jo‘rayev bilan birga hibsga olingan o‘rinbosari hokimlikdagi vazifasiga qaytdi
Samarqand viloyati hokimining avvalroq hibsga olingani aytilgan qurilish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev yana o‘z vazifasini bajarishga qaytgan. Bu haqda «Daryo» nashri o‘z manbasiga tayanib xabar bermoqda.

Avvalroq Samarqand viloyatining sobiq hokimi Turobjon Jo‘rayev korrupsion tizim yaratgani oshkor bo‘lib, unga nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atilgan va ehtiyot chorasi sifatida u qamoqqa olingani haqida xabar berilgan edi.

Turobjon Jo‘rayev bilan birga Samarqand viloyati hokimining sanoatni rivojlantirish, kapital qurilish, kommunikatsiya va kommunal xo‘jalik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari O‘tkir Abdullayev, qurilish bo‘yicha mutaxassis Bahodir Xo‘jaqulov va hokim yordamchisi Botir Xo‘jaqulov ham hibsga olingani ma’lum qilingan edi.

«Daryo» nashrining yozishicha, katta miqdorda pora olish bilan bog‘liq gap-so‘zlarga O‘tkir Abdullayevning daxli yo‘q bo‘lishi mumkin. Yoki unga nisbatan ehtiyot chorasi o‘zgartirilgan bo‘lishi, biroq o‘zi hali tergovga jalb etilayotgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda hozircha aniq ma’lumot yo‘q.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Turobjon Jo‘rayev bilan birga hibsga olingan o‘rinbosari hokimlikdagi vazifasiga qaytdi