13:37 / 16.07.2018
4 589

Emomali Rahmon avgustda O‘zbekistonga keladi

Emomali Rahmon avgustda O‘zbekistonga keladi
Tojikiston bosh vaziri Qohir Rasulzoda bugun, 16 iyul kuni Farg‘onada O‘zbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan uchrashuv o‘tkazadi, deb xabar berdi «Kun.uz» manbaga tayanib.

Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari tarkibiga ikki davlatning vazirlik va idoralari, iqtisodiy tuzilmalari rahbarlari kiritilgan.

Hukumat delegatsiyalari ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, bo‘lajak yuqori darajadagi O‘zbekiston-Tojikiston uchrashuviga tayyorgarlikning borishini muhokama qiladi.
Tomonlar mart oyida Dushanbeda imzolangan kelishuvlar va O‘zbekiston prezidentining Tojikistonga davlat tashrifi yakunlari bo‘yicha imzolangan shartnomalarning amalga oshirilishi qanday borayotganligini muhokama qiladi.

«AP»ning Tojikiston hukumatidagi manbasi xabar berishicha, respublika prezidenti Emomali Rahmon shu yilning avgust oyi ikkinchi yarmida O‘zbekistonga javob tashrifi bilan keladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Emomali Rahmon avgustda O‘zbekistonga keladi