Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida jismoniy shaxslar uchun STIR olish yoki uning ma’lumotlarini o‘zgartirish xizmati ishga tushirildi.
Mazkur xizmat orqali soliq to‘lovchi murojati bo‘yicha identifikatsion raqamlarini aniqlab olishi, shuningdek STIR ma’lumotlarini qisqa vaqt ichida o‘zgartirishi mumkin. Murojaat yuborilganidan so‘ng STIR guvohnomasi elektron ko‘rinishda murojaatda ko‘rsatilgan elektron pochta manziliga taqdim etiladi.
Xizmatdan foydalanish uchun pasport nusxasi (yashash joyi ma’lumotlari bilan) kerak bo‘ladi.
Buning uchun soliq to‘lovchi jismoniy shaxs:
- tegishli amalni tanlaydi (hisobga qo‘yish yoki hisob ma’lumotlariga o‘zgartirish kiritish);
- ariza shaklini elektron to‘ldiradi;
- skanerlangan pasport nusxasini yuklaydi;
- doimiy yashash manzili bo‘yicha davlat soliq inspeksiyasiga elektron arizani yuboradi.
Bu jarayondan so‘ng 3 ish kuni davomida davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilganligi bo‘yicha guvohnomani arizada ko‘rsatilgan elektron pochta manzilidan oladi.
Endi familiya yoki shaxsiy pasport ma’lumotlarini o‘zgartirgan taqdirda, O‘zbekiston fuqarolari amaldagi STIR ma’lumotlarni o‘zgartirish uchun soliq qo‘mitasi bo‘linmalariga tashrif buyurishlari talab etilmaydi. Uni my2.gov.uz orqali ko‘chaga chiqmasdan turib yoki o‘zlariga yaqin Davlat xizmatlari markaziga borib o‘zgartirishlari mumkin. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi