20:54 / 20.07.2018
4 481

Toshkentda avtomashinalar raqami ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda

Toshkentda avtomashinalar raqami ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda
Toshkent shahrida avtomashinalarning davlat raqami o‘g‘irlanishi holati ko‘paymoqda. Bir kechaning o‘zida 5 ta davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani aytilmoqda. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Xabariga ko‘ra, 2018 yil 18 iyul oqshomida, Navbatchilik qismiga besh nafar haydovchilar o‘z avtomashinalarining davlat raqami o‘g‘irlab ketilgani haqida ariza bilan murojaat qilgan.

Avtomashinalarning davlat raqami Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumani Buyuk ipak yo‘li hamda Chust ko‘chalaridan o‘g‘irlab ketilgan. Aynan avtomashina egalariga o‘g‘rilar tomonidan maktub qoldirilib, raqamni internetdagi messenjerlar orqali bog‘lanib qaytarib olishlari mumkinligini yozib ketilgan.

Tezkor tadbir natijasida hozircha ikki avtomashinaning davlat raqami topilgan bo‘lib, qolganlarini aniqlash bo‘yicha harakatlar davom ettirilmoqda.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Jamiyat » Toshkentda avtomashinalar raqami ommaviy ravishda o‘g‘irlanmoqda